Jahon chempioni Portugaliyani "JCh-2026"da Ronalduni boykot qilishda aybladi
1998 yilda Frantsiya terma jamoasi tarkibida jahon chempioni bo‘lgan Yuriy Jorkaeff 2026 yildgi jahon chempionatida Portugaliya terma jamoasini hujumchi Krishtianu Ronalduni amalda boykot qilganlikda aybladi.
«Agar siz Krishtianu Ronalduni terma jamoaga chaqirgan bo‘lsangiz, butun o‘yin tizimi unga moslashgan bo‘lishi kerak. Bu yerda esa mutlaqo boshqacha manzarani ko‘rdik. Uning o‘yinidan aniq bilinib turdi: o‘z jamoasi Ronalduga yordam bermayapti. Unga yetarlicha qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatishmadi, unga qulay sharoit yaratishmadi.
Biz Krishtianuni yillar davomida kuzatib kelyapmiz – u doim bir xil uslubda o‘ynagan. Nimani kutayotgan edilar, u to‘satdan o‘z o‘yin uslubini o‘zgartiradimi? Yoki umuman chaqirmaysiz, yoki chaqirsangiz, maydonga tushirmaysiz. Lekin agar baribir maydonga tushirayotgan bo‘lsangiz, unda jamoani uning atrofida qurishingiz shart», – deya ta’kidladi Jorkaeff.
1/8 finalda Portugaliya terma jamoasi Ispaniyaga 0:1 hisobiga mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi.
Turnir davomida Krishtianu Ronaldo uchta gol urdi – ikkitasini guruh bosqichida, bittasini pley-off bosqichida. Forvard jahon chempionatlarining olti ta musobaqasida gol urgan ilk futbolchi sifatida tarixga kirdi.

Fikrlar