Jahon chempioni sensatsion transfer sababini oshkor qildi

  • 20 avgust, 2024, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning eng qudratli jamoasiga aylangan “Manchester Siti”ni tark etib, Madridning “Atletiko” klubiga ko‘chib o‘tgan argentinalik jahon chempioni Xulian Alvares o‘z qarorini tushuntirib berdi.

Tecno

24 yoshli futbolchi “shaharliklar” safida klublar miqyosidagi bir necha nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritgan edi.

- Men faoliyatimda o‘zgarish qilish mavridi kelganini, yangi chorlov kerakligini his  qildim. Yangi klubim  futbolchi sifatida yanada yaxshi rivojlanimish uchun imkon beradi, - dedi Xulian Alvares.

“Atletiko” mohir to‘purarni qo‘lga kiritish uchun 75+20 million evro ko‘rinishida xarajat qilishga kelishilgani aytilmoqda. Alvares 2030 yilning 30 iyuniga qadar Madrid klubida to‘p tepadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!