Jahon futbolining eng iqtidorli vunderkindi “Chelsi”ni mensimadi!

  • 24.11.2021 19:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” rahbariyati “Barselona” tarkibida o‘ynay boshlagan Gavini xarid qilish uchun kataloniyaliklar bilan aloqaga chiqqan edi.

“Aristokratlar” moliyaviy inqirozni enga olmayotgan “Barselona”ga 17 yoshli futbolchi uchun 50 million evro taklif qilayotgan edi.

Mutaxassislar tomonidan jahonning eng iste’dodli futbolchisi, deb tan olingan Gavi Angliya klubi mutasaddilari bilan muzokara olib borishdan bosh tortdi. Yosh yarim himoyachi uni Kataloniya klubidagi sharoitlar qoniqtirishi va hozirgi jamoasi bilan shartnomani yangilashga tayyorligini bildirdi.

Joriy mavsumda asosiy tarkibga qo‘shilgan Gavi shu kunga qadar Ispaniya chempionatida 11 ta uchrashuvda ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!