Jahon futbolining eng yorqin talantini to‘rtta grand talashyapti

  • 26 oktabr, 2023, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Fichajes nashrining ma’lum qilishicha, “Borussiya”ning 18 yoshli hujumchisi Yussuf Mukoko uchun kurashancha qizg‘in kechadi.

Tecno

Ayni paytda “Chelsi”, “Real”, “Liverpul” va “Barselona” kabi katta klublar dortmundliklarga hujumchi uchun mo‘maygina badal puli to‘lashga tayyor.

Yussuf Mukoko o‘smirligidayoq porlay boshladi. Uning salohiyati juda yuqori baholanyapti va hozirning o‘zida jahonning eng yorqin iste’dodi sifatida e’tirof etilmoqda.

Bu o‘yinchini qo‘lga kiritish uchun klublar 40 million evro atrofida xarajat qilishi kerak bo‘ladi.

Yussuf yosh bo‘lishiga qaramay, Bundesligada 60 ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 12 ta gol va oltita assist rasmiylashtirgan.

O‘z tengqurlari ishtirokidagi musobaqalarda qayd etgan natijasi o‘ta sermahsul. Xususan, Mukoko 17 yoshli futbolchilar chempionatida 23 ta uchrashuvda 44 ta gol va 10 ta assist muallifi bo‘ldi.

19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar qatnashgan chempionatda 50 ta o‘yinda raqiblar darvozasini 83 marotaba ishg‘ol qilgan va 14 ta golli pas uzatgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!