Jahon rekordi, oltin medal va Tokio-2020 yo‘llanmasi. Xusniddin Norbekov bularni barchasini uddaladi!

  • 11.11.2019 23:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Para atletika bo‘yicha Jahon chempionatining beshinchi kunidan o‘rin olgan bahslar ham o‘z nihoyasiga etdi.

Kechki dasturning so‘nggi bellashuvlarida Xusniddin Norbekov yurtimiz sharafini munosib tarzda himoya qildi.

Hamyurtimiz 2018 yili o‘zi o‘rnatgan jahon rekordini bugun 1.30 metrga yaxshiladi va jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.

Shu qatorda u kelasi yili Tokio mezbonlik qiladigan Paralimpiya o‘yinlariga ham yo‘llanmaga ham ega bo‘ldi.

Xusniddin Norbekovning xalqaro musobalarda qayd etgan natijalari haqida qisqacha:

2014 yil. Paraosiyo o‘yinlari - oltin medal

2015 yil. Para atletika bo‘yicha Jaxon chempionati - oltin medal

2016 yil. Paralimpiya o‘yinlari - oltin medal

2017 yil. Para atletika bo‘yicha Jaxon chempionati - oltin medal

2018 yil. Paraosiyo o‘yinlari - oltin medal

2019 yil. Para atletika bo‘yicha Jaxon chempionati - oltin medal

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!