Jahongir Kenjaev: "Shahzod Sultonov nafaqat aktyor balki iste’dodli yakkakurash ustasidir"

  • 1 sentabr, 2022, 13:14
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, yurtimizda professional K-1 yo‘nalishida janglar tashkil etuvchi, Kenjayev_Professional_League tashkil etilgan va bunga qadar 2 ta turnirni ajoyib tarzda o‘tkazishga ulgurdi. 

Tecno

Navbatdagi 3-turniri 17 sentyabr kuni Andijon viloyati Poytug‘ shaharchasida bo‘lib o‘tadi. Qiziqarli jihati ushbu jang kechasining markaziy to‘qnashuvida ajoyib aktyor Shahzod Sultonov ham ringga ko‘tariladi.

Sultonov -91 kg vazn toifasida Farog‘iddin Turdiboevga qarshi ringga ko‘tariladi. 

Ushbu liga asosichisi Jahongir Kenjaevning saytimizga ma’lum qilishicha, yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, Shahzod Suotonov va Farog‘iddin Turdiboev jangi K-1-Bushido yo‘nalishida bo‘lib o‘tadi.

- Ko‘pchilik bu jangni MMA bo‘yicha o‘tkaziladi, degan mazmunda xabarlar bermoqda. Aslida, bu bahs bushido bo‘yicha bo‘ladi. Shuningdek, Shahzod Sultonov nafaqat aktyor balki iste’dodli yakkakurash ustasi ham sanaladi. Shuning uchun, ham biz ushbu jangni tashkil qildik. O‘ylaymanki, bu qarama-qarshilik juda qiziq bo‘ladi va professional jangning guvohiga aylansizlar. Bu shunchaki shou emas!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!