
Jahongir Ortiqxo‘jaev Shota Arveladzega qo‘ng‘iroq qilgan...
Kuni kecha “Paxtakor” klubi boshqaruvi Toshkent shahar hokimligi tasarrufiga o‘tkazildi. Bu xususida sports.uz orqali xabar bergandik. Endi esa jamoa muxlislari yanada yaxshi o‘zgarishlarga umid qilyaptilar.
Oxirgi paytlarda “Paxtakor”ning sobiq ustozi Shota Arveladzening klubga qaytishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar quloqqa chalinayotgandi. Bizga ma’lum bo‘lishicha, bunday xabarlarda jon bor edi.
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev Arveladzeni “Paxtakor”ga qaytarish uchun shaxsan o‘zi unga qo‘ng‘iroq qilgan va bu masala bo‘yicha ular o‘zaro gaplashishgan. Bu haqida “Paxtakor” klubi sport direktori Ja’far Irismetov sports.uz muxbiriga ma’lum qildi. Lekin Shota Yustinovich sobiq jamoasiga qaytish taklifini ma’lum sabablarga ko‘ra qabul qilmagan.
Tez orada sports.uzda Irismetov bilan uyushtirilgan qiziqarli muloqotni o‘qishingiz mumkin.
Fikrlar