Jaloliddin Masharipov "FIFA ruhsat bersa, faoliyatimni "Paxtakor"da davom ettirmoqchiman"
- Oybek Yo'ldoshev
- Izohlar: 1
- Futbol
Eron hududida olib borilayotgan harbiy harakatlar mamlakat futbol chempionatining to‘xtatilishiga olib keldi. Eron Premier-ligasida an’anaviy ravishda Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan ko‘plab legionerlar to‘p suradi va hozirgi inqiroz mintaqaning bir nechta milliy terma jamoasi futbolchilariga bevosita ta’sir ko‘rsatdi.
Shu jumladan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham Jahon Chempionatiga qadar formada bo‘lib turish uchun Superligaga qaytishga yaqin. SPORTS.uz sayti jurnalisti Oybek Yuldoshev terma jamoamiz yetakchisi Jaloliddin Masharipov bilan bog‘landi.
Avvalambor assalomu alaykum. Jarohatdan tiklanish qanday kechmoqda?
Assalomu alaykum, Italiyada reabilitatsiya jarayonlarini muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazib, O‘zbekistonga qaytdim. Hozirda yana bir kuchli reabilitolog Islom Musulmonov bilan ishlayapman.
Instagram ijtimoiy tarmoqlingizga "Paxtakor"ga qaytishingiz mumkinligi "storis" joyladingiz. Bunga oy dinlik kiritib o‘tsangiz?
Hozirda Erondagi holatni hamma ko‘rib, bilib turibdi. FIFA ruhsat bersa, faoliyatimni "Paxtakor"da davom ettirmoqchiman. Avval ham intervyularimda aytganman - qaytsam "Paxtakor"ga qaytaman, deb. Chunki Mundialga qadar formada bo‘lishim kerak.
Boshqa jamoalardan ham takliflar bormi?
Ha, Superligani katta jamoalaridan takliflar bor. Lekin birinchi navbatda FIFA bunga ruhsat berishi kerak. Shundan so‘ng ko‘ramiz", - dedi Masharipov.