Jaloliddin Masharipov: "Paxtakor" men uchun uydek bo‘lib qolgan
Pepsi Superliga 11-turidan o‘rin olgan "Nasaf" hamda "Paxtakor" (2:3) jamoalari o‘rtasidagi bahsdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida "sherlar" ustozi Shota Arveladze hamda yarim himoyachi Jaloliddin Masharipovlar ishtirok etishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Bunday o‘yinni ko‘pchilik sog‘ingandi. Har ikki jamoa hujumkor va chiroyli futbol namoyish qildi. Muxlislarga bu yoqdi deb o‘ylayman. "Nasaf" har qanday jamoaga jiddiy qarshilik ko‘rsatadi. Bugun ko‘proq g‘alaba qozonishni xohladik va buni uddaladik.
"Paxtakor" men uchun uydek bo‘lib qolgan. Shu sababli qadrdon jamoam safiga qaytdim. Bu erda o‘zimni juda qulay his qilaman. Yoshligimdan klub akademiyasida katta bo‘lganman. O‘ynash va muhit menga bu erda juda qulay", - deb aytib o‘tdi Masharipov.



Fikrlar