
Jaloliddin Masharipov savobli ishga qo‘l urdi (foto)
Ezgulik doim inson qalbini poklab, uni chin insoniylik sari etaklaydi. Solih amalarni qilish uchun, kuchli ishtiyoqning o‘zi kifoya. Atrofdagilarga nima berayotganingiz muhim emas. Asosiysi, siz ularning g‘amiga befarq emassiz!
Bugun futbol ishqibozlariga ma’lum va mashhur futbolchi Jaloliddin Masharipov Sirdaryo viloyatida bo‘lib, ko‘plab qiynalgan oilalar farzandlarini qishki kiyimlar bilan ta’minladi. Bu bilan u nafaqat ajoyib futbolchi, balki, yaxshi inson ekanligini isbotladi. Ijtimoiy muammolardan qiynalgan qatlam uchun bu yaxshi bir moddiy ko‘mak bo‘ldi desak, adashmagan bo‘lamiz.
Mazkur hayriyada hech qanday shahsiy manfaat yo‘q. Buni ommaga taqdim etishimizning o‘ziga hos sabablari bor. Biz imkoniyati borlar atrofdagilarga befarq bo‘lmasligini, imkoni bo‘lsa albatta yordam berishini istaymiz. Shu postimizdan kimdir shu kabi hayriya ishiga qo‘l urib, qiynalgan oilalarga yordam bersa, holis niyatimiz amalga oshgan bo‘lardi.
























Bu hech kimning "zakaz"i emas. Shunchaki ular qilgan ish aynan sizning ham qo‘lingizdan keladi!
Fikrlar