Jaloliddinovning agenti “transfer siri”ni ochishdan bosh tortdi

  • 30 dekabr, 2020, 09:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jasur Jaloliddinov mavzusi yana dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Yaqinda, ommaviy axborot vositalari yosh futbolchimizning  “Lokomotiv”ga transferi bo‘yicha ishlagan agentlar transfer narxidan 6,5 baravar ko‘p mukofot puli olganligi aytilgandi.  Manbada yozilishicha, yarim himoyachi uchun uning agentlariga 850 000 evro to‘langan ekan. "Bunyodkor"ga berilgan kompensatsiya esa 130 000 evroni tashkil qilgan.

Tecno

Ushbu xabarlardan keyin Jaloliddinov transferi boshida turgan Yuriy Belous Rossiya premer-ligasida hali debyutini o‘tkazmagan futbolchining atrofidagi vaziyat va kelajakdagi rejalar haqida intervyu berdi.

5461d91c618d0

- “Lokomotiv” yangi rahbariyati bilan suhbatlashdingizmi?

- Yangi bosh direktor bilan ishlaymiz. Har bir qarorni o‘zaro hamkorlikda chiqarish kerak. Tez orada ko‘rishamiz, deb umid qilaman.

- Jasurbek Jaloliddinovni olib kelishni aynan Marko Nikolich so‘raganmi?

- Ha, bosh murabbiyning o‘zi unga qiziqqan edi. Keyin Slobodan Raykovich va Fransua Kamano kabi futbolchilar kelib, xorijliklar uchun limitni to‘ldirib qo‘yishdi. Jaloliddinovga qaydnomadan joy topilmadi.

- Nikolich Jasurning ro‘yxatdan chiqarilganiga izoh berdimi?

- Yo‘q, u bunga munosabat bildirmadi. Sobiq bosh direktor ham.

- Jasurning o‘zi bu vaziyat bo‘yicha qanday fikrda?

- Jasurbek o‘ynamayotganidan xavotir olyapti. Bu yigit O‘zbekiston superligasida uchinchi o‘rinni olgan “Bunyodkor”ning asosiy o‘yinchilaridan edi. U maydonda o‘ynashi kerak. Terma jamoa murabbiyi unga ishonadi, bosh jamoaga kirish uchun muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi kerak.

062ff0849b70601adaf12e5a169611f1_1

- Ommaviy axborot vositalarida Jaloliddinovning transferi bo‘yicha turli raqamlar oshkor qilindi...

- Mening moliyaviy axborotlarni sharhlashim to‘g‘ri bo‘lmaydi.  Biz buni muhokama qilishimiz to‘g‘ri emas. Bilganim shuki, “Bunyokdor” bilan kelishilgan summalarning hammasi o‘tkazib berilgan. Jaloliddinov “Lokomotiv”ga erkin agent sifatida o‘tgan.

- U erkin agentmidi?

- Ha. Uning shartnomasida o‘zi yoki biror klub uning kontraktini sotib olishi mumkin bo‘lgan summa belgilangan edi.

133386_recommended

- “Lokomotiv” uning shartnomasini sotib oldimi?

Buni aytmayman. Klubga murojaat qiling.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!