
Jaloliddinovning jamoasi futbolchilardan qancha qarz?
"RB-Sport" nashri "Tambov" klubining moliyaviy inqirozi ko‘lamini bilishga muvaffaq bo‘ldi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, jamoaning umumiy qarzdorligi 360 mln rublni tashkil etadi. Shundan 140 millioni futbolchilar oldidagi qarzdorlikdir.
Aytish lozimki, “Lokomotiv” Moskva klubi a’zosi himoblangan hamyurtimiz Jasur Jaloliddinov ayni damda ijara asosida “Tambov” safida to‘p surmoqda. Jamoa 14 turdan so‘ng RPL musobaqa jadvalida 12 ochko to‘plagan holda 13-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar