Jalolovga "vizov" tashlagan qozog‘istonlik bokschi Mullojonovdan nokautga uchradi (video)
Professional boksning og‘ir vazn toifasida janglar olib borayotgan hamyurtimiz Lazizbek Mullojonov Aleksandr Usik va Deniel Dubois jangi oqshomida ringga ko‘tarildi. Unga qozog‘istonlik hali mag‘lub bo‘lmagan Nursultan Amanjolov raqib bo‘ldi.
Jang uzoq davom etmadi. 1-raundning o‘zidayoq hamyurtimiz raqibga ketma ket kuchli zarbalar yo‘llay oldi va referi bahsni muddatidan oldin to‘xtatdi. Shu tariqa Mullojonov prof yo‘nalishdagi 4-g‘alabasini (4 ta nokaut) nishonlagan bo‘lsa, Amanjolov 6-jangida ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
Eslatib o‘tamiz, Amanjolov bir necha bor Bahodir Jalolov bilan jang qilish istagini bildirgan edi.
VID_20230826_213053_018
Fikrlar