Jamoani 3-diviziondan APLga olib chiqqan murabbiy iste’foga chiqadi

  • 12 mart, 2021, 19:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sheffild Yunayted" katta ehtimol bilan tez orada murabbiysiz qoladi. Bu haqda Sky Sports xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, bosh murabbiy Kris Uaylder yaqin vaqtlar ichida iste’foga chiqmoqchi. Qayd etish lozimki, 53 yoshli mutaxassis "Sheffild Yunayted"ni 2016 yilning may oyidan buyon boshqarib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jamoani 3-diviziondan premer-ligaga olib chiqdi.

"Sheffild Yunayted" joriy mavsum APLda ortda qolgan 28 turdan so‘ng 14 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida so‘nggi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!