Jamoliddin Bobojonov: OChL finali? Biz avvalo guruhdan chiqishni eplab olaylik... “Paxtakor”ning tarkibi ham chempionlikka tortmaydi

  • 1 may, 2019, 17:25
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha kun oldin Osiyo chempionlar ligasida 4-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Unda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan “Lokomotiv” va “Paxtakor” o‘zlariga bildirilgan ishonchni oqlay olishmadi. “Temiryo‘lchilar” Toshkentda ishlari yurishmayotgan “Al Ittihod” bilan zo‘rg‘a durang o‘ynashdi. “Sherlar” esa Xavi boshchiligidagi “Al Sadd”ga imkoniyatni boy berishdi. To‘g‘ri, “Paxtakor” himoyachining qo‘pol xatosi qurboni bo‘ldi deyishingiz mumkin. Lekin shunday xatolardan jabr chekmaslik uchun uchrashuv davomida vaziyatlardan foydalanish kerak emasmi? Xullas, savollarimiz ko‘p. Doimgidek 3,4-turdan so‘ng xalqaro maydondagi bahslarda havotirlarimiz boshlanadi. Har bahor shu bo‘lar takror deganlaridek, klublarimiz bu mavsum ham natijalari orqali muxlislar, jurnalistlar va umuman futbol jamoatchiligida qo‘rquvlar uyg‘ota boshlashdi.

Tecno

Shu bois biz bir qator sharhlovchilar va futbol ekspertlariga nega klublarimiz OChLda finalga chiqa olmayapdi, bu yilgi imkoniyatlarimiz qanday? degan savollar bilan murojaat qildik. “Sport” telekanali xodimi, ekspert Jamoliddin Bobojonov bunga quyidagicha fikrlar bildirdi.

19437675_1929793703967674_8852391400830874363_n

Xayrulla Hamidov bir xil darajadagi chempionatimiz va terma jamoamiz, armon bo‘layotgan OChL finali, nega shundayligi va bu yilgi imkoniyatlarimiz haqida gapirdi

- O‘zbek klublari hali beri finalga chiqmasa kerak. Menimcha, bu juda qiyin. Avvalo, biz guruhdan chiqishni eplashimiz kerak. Nimaga bunaqa natijalar ko‘rsatmoqdamiz? “Bunyodkor” va “Paxtakor” yarim finalga borgan paytlari klublarimizning darajasi hozirgidan kuchliroq, raqiblarning mahorati esa ayni paytdagidan pastroq edi deb o‘ylayman. Masalan, OChL boshlangan yillari “Paxtakor” Agamuradov boshchiligida ushbu musobaqada ishtirok etgan. O‘shanda legionerlarimiz kam edi. O‘zbekistonning eng yaxshi o‘yinchilari bir klubda jamlangandi. Ya’ni “Paxtakor”da. “Paxtakor” va milliy terma deyarli bitta jamoa edi. Ayrim chiziqlar xorijlik futbolchilar bilan kuchaytirilgan. Natijalar shunga yarasha bo‘lgan. O‘sha kezlari guruhdan chiqish muammo emasdi. Keyinchalik huddi shu narsa “Bunyodkor”da ham kuzatildi. Chet elga ketgan futbolchilarimiz kam edi. Ular hozirgiga nisbatan yaxshiroq natija ko‘rasatishardi.

jeparov terma

Avvalgi natijalarimiz Server Jeparov, Aleksandr Geynrix, Timur Kapadze kabilar hisobiga yaxshi bo‘lgan. Aytaylik “Paxtakor” Odil Ahmedov, Eldor Shomurodov, Otabek Shkurov, Ikrom Aliboevni olib kelsa, boshqacha bo‘ladi. Ayni paytda eng yaxshi futbolchilarimiz xorijda to‘p tepishmoqda. Ular darajasidagi o‘yinlarini klublarimizga olib kelolmayapmiz va o‘zimizdagi o‘yinchilarni ular darajasiga chiqara olmayapmiz. Shuning uchun natija tarkibga mos bo‘lmoqda.

Uzb-Eron (10)

Etakchi klublarimiz milliy terma jamoa bilan boyitilmagan. Endi bu yildan “Paxtakor” boshladi. Zo‘rlarni o‘zimizda olib qolishga harakat qilyapdi, milliy terma jamoa a’zolari bilan shartnomalar tuzmoqda. “Sherlar”ning o‘yini keskin o‘sdi. Agar guruhdan chiqishsa, pley-offlarda ham yaxshiroq natija ko‘rsatishiga umid qilamiz. Lekin hozirgi tarkibi yaxshi natija ko‘rsatishga etarli emas. “Lokomotiv” OChLni yutish uchun hech qanaqasiga nomzod hisoblanmaydi. Shota arveladze shogirdlarini nomzodlar qatoriga qo‘shsak, guruh bosqichishi amallashsa, pley-offda nimadir qilsa, yozgi transferlar mavsumida klubni keskin darajada kuchaytirish kerak. Hamma chiziqqa haqiqatdan ham OChLda g‘alaba qozona oladigan futbolchilarni jalb qilish lozim. Shundagina maqsadiga erishsa bo‘ladi. Hozirgi o‘yini bilan “Loko” ham, “Paxtakor” ham ushbu musobaqada chempion bo‘la olmaydi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
25/04/2019 11:43
Мана бор эканку вазиятга реальный карайдиганлар
&
AzizGazieff-Marco Simic 55 PFK Pakhtakor Tashkent Uzbekistan GoLions
01/05/2019 19:14
ОЧЛни ютиш учун Халк,Оскар,Хавилар керак.
Миллиардлаб долларларни исроф қилиб қаёқдаги сассиқ ОЧЛ кубогини ютгандан кура узимизниниг хашаки питболчиларни мазза қилиб сукиб юрганимиз маъқул.
Уша пуллар эса болаларга,мактаб ва медицина сохасига,илм-фан дастурларига ва йулларга ишлатилса хар томонлама фойда булади.
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
25/04/2019 13:51
ўзимизда талантлар кўп деб гапирадиганлар топиб беришсин футболчиларни