
Jamshid Iskanderov: "Bu yilgi mavsum judayam qiziq o‘tishi oydinlashib bormoqda"
Yaqinda "Neftchi" futbolchisiga aylangan Jamshid Iskanderov jamoaga kelishi sabablari, jamoaning maqsadlari haqida fikrlarini bildirib qo‘ydi.
"Neftchi" futbol klubi katta tarixga ega O‘zbekistonning eng nomdor jamoalaridan biri hisoblanadi, klub yangi mavsumda o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ymoqda. Jamoaga kelishimga asosiy sabablardan biri Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozarovni xissasi katta bo‘ldi.
Bu yilgi mavsum judayam qiziq o‘tishi oydinlashib bormoqda, chempionlik uchun ko‘p jamoalar kurashashi aniq, shularni xisobga olib muxlislarimizga biz futbolchilarni xar bir uchrashuvda stadionlarga kelib qo‘llab quvvatlashlarini so‘rab kolardim, biz esa bunga javoban xar bir uchrashuvda chiroyli o‘yinlarimiz va g‘alabalar bilan, ularni xursand qilishga xarakat qilamiz", - dedi Iskanderov.
Ma’lumot uchun, 31 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumni "Navbahor"da o‘tkazgan edi.
Fikrlar