Jamshid Saidov: G‘oliblar muhokama qilinmaydi

  • 01.12.2023 20:56
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Coca-Cola Superliga 26-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Turon" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bugungi uchrashuv haqida nima deyish mumkin? Biz ko‘proq yosh futbolchilarga imkoniyat berdik. O‘ylaymanki, yoshlar ishonchni oqladi. To‘g‘ri, xatolar bo‘ldi, ammo g‘oliblar muhokama qilinmaydi. Yosh futbolchilar debyut qilgani va ajoyib o‘yin ko‘rsatganidan xursandman.

Biz har bir uchrashuvga maksimal tayyorlanamiz. O‘ylaymanki, 5 dekabr kuni hammasi hal bo‘ladi. Kim kuchli bo‘lsa, o‘sha g‘alaba qozonadi”, – dedi Saidov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!