Janibek Alimxanuli 7 dekabr kuni ringga ko‘tariladi
"Premier Boxing Champions" (PBC) promousheni 7 dekabr kuni AQShning San-Antonio shahrida professional boks kechasini tashkil qiladi.
Oqshomning markaziy jangida o‘rta vazn toifasida (72,6 kg) jahon chempionlari — Qozog‘iston vakili Janibek Alimxanuli (17–0, 12 KO) va kubalik Erislandi Lara (31–3–3, 19 KO) o‘zaro WBA, IBF va WBO kamarlarini birlashtirish uchun ringga ko‘tariladi.
Ma’lumot uchun, Janibek Alimxanuli - 32 yoshda. U 2016 yilda professional boksda debyut qilgan va 2022 yilda o‘rta vazn toifasida jahon chempioni bo‘lgan. Erislandi Lara esa 42 yoshda. U 2008 yilda professional boksda ringga chiqib, 2014 yilda birinchi o‘rta vazn (69,9 kg) toifasida jahon chempioniga aylangan.
Fikrlar