
Janjal qimmatga tushdi
Yaqinda “Bavariya” futbolchilaridan Sadio Mane va Leroy Sane o‘rtasida ziddiyat kelib chiqqan edi. Sane afrikalik jamoadoshini haqorat qilgan, Mane esa uning yuziga musht tushirgandi.
Keyinchalik har ikki o‘yinchi yarashib oldi. Biroq, klub rahbariyati bu holatdan boshqacha xulosa chiqardi.
Bayern&Germany nashrining ta’kidlashicha, mutasaddilar yozda har ikki o‘yinchidan qutilishga harakat qiladigan bo‘lyapti.
Mane jamoaga 2022 yilning yozida “Liverpul”dan 45 million evroga transfer qilingan edi. Uning kelishuvi 2025 yilning yarmigacha tuzilgan.
Leroy Sane jamoaga Manedan ikki yil avval olib kelingan. Bu futbolchining ham shartnomasi ikki yildan keyin yakunlanadi.
Fikrlar