Janubiy Koreya. Ashurmatovning jamoasi so‘nggi daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hamyurtimiz Rustamjon Ashurmatov faoliyat olib boradigan "Gvangyu" klubi bu tur safarda "Pusan Ay Park" klubi mehmoni bo‘ldi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Ashurmatov bahsni asosiy tarkibda boshladi va maydonda 90 daqiqa harakat qildi.

Bugungi bellashuvdan so‘ng "Gvangyu" hisobidagi ochkolar soni 23 taga etdi va jamoa turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab qoldi.

"K2" Liga. 11-tur

"Pusan Ay Park" - "Gvangyu" 1:1

Gollar: Li Dong Yun (70) - Felipe De Souza Silva (90+2).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!