Janubiy Koreya. "Seul" peshqadamga aylandi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hamyurtimiz Ikrom Aliboev to‘p suradigan "Seul" jamoasi bu tur o‘z maydonida "Sangju Sanmu"ni qabul qildi. "Seoul World Cup" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Aliboev bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va 66-daqiqada zaxiraga olindi. Bugungi g‘alaba natijasida "Seul" hisobidagi ochkolar soni 10 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

"K" Liga. 4-tur

"Seul" - "Sangju Sanmu" 2:0.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!