Janubiy Koreya terma jamoasi Shvetsiyaga qarshi o‘yinga g‘alati usulda tayyorgarlik ko‘rmoqda
Janubiy Koreya terma jamoasi futbolchilari JCh-2018ning Shvetsiyaga qarshi ilk bahsiga o‘zgacha uslubda tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Gap shundaki ular mashg‘ulotlarda turli raqamlarda harakat qilishmoqda.
Koreyaliklar bosh murabbiyi Sin Txe Yon ushbu holatni quyidagicha izohladi:
“Biz shved josuslarini chalg‘itish uchun mashg‘ulotlarda har-xil raqamli liboslarda shug‘ullanyapmiz. Umuman olganda evropaliklar baribir mening futbolchilarimni ajrata olishmaydi”.
Eslatib o‘tamiz, Shvetsiya hamda Janubiy Koreya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs ertaga Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.
Fikrlar