Janubiy Koreyadagi o‘zbek derbisida kuchlar teng keldi

E’tiborlisi, bu tur muxlislar o‘zbekcha derbi guvohi bo‘lishdi. Aniqrog‘i, Rustam Ashurmatov to‘p tepadigan "Gvanyu" o‘z uyida Sanjar Tursunov va Shoxrux Gadoevlar faoliyat olib boradigan "Tedjon Sitizen"ga qarshi bahs olib bordi.

Mazkur bahs 0:0 hisobidagi nursiz durang natija bilan nihoyasiga etdi. Ashurmatov ushbu qarama-qarshilikni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi. Qayd etish joiz, bugun Ashurmatov "K2" Ligada debyut qildi. Rustam bunga qadar faqat kubok bellashuvlarida maydonga tushayotgan edi.

Tursunov bugungi o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi. Gadoev esa zaxirada qoldi. Shu tariqa "Gvanyu" hisobidagi ochkolar soni 12 taga etdi va jamoa turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Shaharliklar" esa 8 ochko bilan 7-pog‘onadan joy olishgan.

"K2" Liga. 6-tur

"Gvanyu" - "Tedjon Sitizen" 0:0.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!