Janubiy Koreyalik futbolchi faoliyatini "Chelsi"da davom ettirishi mumkin

  • 23.01.2026 18:37
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Bavariya" himoyachisi Kim Min Jae faoliyatini "Chelsi"da davom ettirishi mumkin.

"CF Bayern Insider" nashri bergan ma'lumotga koʻra, koreyalik futbolchi Myunxen klubida oʻyin amaliyoti kam boʻlayotganligi sababli jamoasini oʻzgartirish haqida oʻylamoqda. Agar himoyachi uchun yaxshi taklif tushsa, "Bavariya" uni sotishga tayyor. Ayni vaqtda 29 yoshli himoyachining xizmatlariga Londonning "Chelsi" klubi qiziqish bildirmoqda. 

Min Jaening hozirda transfer bozoridagi narxi 25 million yevroga baholanmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga yetadi.

Eslatib oʻtamiz, koreyalik futbolchi joriy mavsum Kompani qoʻl ostida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani oʻz nomiga yozdirib qoʻygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!