Janubiy Koreyalik futbolchi faoliyatini Madridda davom ettirishi mumkin
PSJ vingeri Li Kan In faoliyatini "Atletiko Madrid"da davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, Madriddning "Atletiko" klubi janubiy koreyalik yarim himoyachi Li Kan Inni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. "Matraschilar" 24 yoshli futbolchini ancha vaqtdan buyon kuzatib kelmoqda. Lining kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgani Madrid klubiga qo‘l kelishi va futbolchini o‘zi tomoniga og‘dirishi uchun foydali bo‘lishi mumkin. Muzokaralar allaqachon boshlangan. "Atletiko" koreyalik futbolchini sotib olish yoki ijaraga olish masalasini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga yetadi. "Transfermarkt" portali uni 25 million yevroga baholagan.
Ma’lumot uchun, forvard 21ta uchrashuvda maydonga tushib, 2ta gol urdi va 3ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar