Jarohatlar avjiga chiqqan pallada Gvardiola yangi oʻyinchi oladimi?
“Manchester Siti” mavsumning muhim pallasida kadrlar borasida yana muammoga duch kela boshlandi. Ayni paytda asosiy jamoaning to‘qqiz nafar a’zosi turli sabablariga ko‘ra uchrashuvlarda ishtirok etolmasligi ma’lum bo‘lgan.
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardioladan hozirgi vaziyatni inobatga olib, qishki transfer oynasida tarkibni kuchaytirish masalasi bo‘yicha fikr bildirishni so‘rashdi.
- Yanvarda yangi futbolchilarni olamizmi? Men olamiz, deb o‘ylamayman. Ammo nima bo‘lishini yana ko‘ramiz.
Ayta olamanki, Yoshko Gvardiol va Ruen Diashni yo‘qotish biz uchun juda katta zarba. Ularning o‘zaro uyg‘unligi bu mavsumda natijalarga erishishimizda katta rol o‘ynayotgan edi, - dedi Gvardiola jurnalistlar bilan suhbatda.
7 yanvar, chorshanba kuni, “Manchester Siti” o‘z uyida “Brayton”ni qabul qiladi. Bu bahsda himoya markazidan Abduqodir Husanov va Natan Ake joy olishi kutilyapti.

Fikrlar