Jastin Getji: “18 yoshimda Jorj Sen-Perni yiqita olgandim”
36 yoshli UFC jangchisi Jastin Getji yoshligida kanadalik afsona Jorj Sen-Per bilan o‘tkazgan mashg‘ulotlarni eslab o‘tdi.
“Men o‘sha paytda kollejda o‘qirdim va kurash bilan shug‘ullanardim. Bir kuni murabbiylarim zalga UFC jangchilarini olib kelishdi. Hatto Sen-Per ham tashrif buyurdi va men uni sparring payti yiqitishga muvaffaq bo‘ldim. O‘shanda taxminan 18 yoshda edim, Jorj esa u vaqtda UFC chempioni edi”, — dedi amerikalik "Sportskeeda"ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Getji "UFC 313" turnirida Rafael Fizievni hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra mag‘lub etgandi.
Fikrlar