
Jasur Hasanov va O‘tkir Yusupov “Nasaf”ga yo‘l olishi mumkin
“Qizilqum”ning qanot yarim himoyachisi Jasur Hasanov faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.
SPORTS.uz internet axborot portaliga ma’lum bo‘lishicha, “Nasaf” klubi Jasur Hasanovga qiziqish bildirmoqda. Qarshiliklar ikkinchi davra boshlanguncha ushbu futbolchini o‘z saflariga qo‘shib olishni rejalashtirishmoqda.
Shuningdek, “ajdarlar” “Neftchi” darvozaboni O‘tkir Yusupov xizmatlariga ehtiyoj sezmoqda. Ro‘ziqul Berdiev ushbu posbonni jamoani tark etgan Eldor Suyunovning o‘rniga taklif qilmoqchi. Agar O‘tkir Yusupov varianti o‘xshamasa, qarshiliklar “Mash’al”dan Javohir Ilyosovni “yo‘ldan urish”ga harakat qilib ko‘rishadi.
Fikrlar