
Jasur Jaloliddinov: Marokashga qarshi o‘yin qiyin bo‘ladi
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Rabat shahridagi mashg‘ulotlarini davom ettirmoqda.
Termamiz etakchisi Jasurbek Jaloliddinovning Togo va Kot d'Ivuarr bilan o‘tkazilgan o‘yinlar hamda Marokashga qarshi kechadigan bahs haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
- Yig‘inimiz reja asosida ketmoqda. Afrika qit’asida birinchi marta bo‘lganimiz tufayli mashg‘ulotlarda ko‘proq kuchga e’tibor beryapmiz.
- Raqiblar kuch jihatdan teng, ammo kecha Kot d'Ivuar qarshi uchrashuv biroz qiyin kechdi. Ancha qiziqarli o‘yin bo‘ldi. O‘ylashimcha, biz g‘alaba qozonishimiz mumkin edi va g‘alabaga loyiq o‘yin ko‘rsatdik.
- Marokashga qarshi uchrashuv biroz qiyin bo‘ladi. Sababi, ular Evropa jamoalari uslubiga yaqinroq futbol namoyish etadi.
Fikrlar