Javohir Esonqulovni "Surxon" klubi a’zolari urdimi? Ijtimoiy tarmoqlardagi videoga rasmiy munosabat bildirildi

  • 18 sentabr, 2021, 17:32
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Bunda bir necha daqiqa oldin ijtimoiy tarmoqlar orqali "Surxon" klubi sobiq futbolchisi Javoxir Esonkulov o‘zini kaltaklaginliklarini yuzasidan tegishli organlarga murojaat qilganligi to‘g‘risidagi videoni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtiribdi. Ushbu videoda keltirilishicha, guyoki futbolchini klub a’zolari kaltaklashgan. Voqeaga klub matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Tecno

Voqelikni boshidan boshlaymiz:

1. "Surxon" klubi va sobiq futbolchi Javoxir Esonkulov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2021 yilning 21 iyul kuni har ikkala tomonning o‘zaro kelishuviga ko‘ra bekor qilingan va futbolchi klubdan hech qanday moliyaviy e’tirozi yo‘qligi haqidagi rasmiy xujjatga qo‘l qo‘yib, tasdiqlab bergan. Shundan so‘ng, futbolchi O‘zPFL ro‘yxatidan chiqarilgan.

2. Sobiq futbolchi shartnoma bekor qilingan bo‘lsa-da, klub ofisiga doimiy tashrif buyurib, yana qo‘shimcha pullar talab qila boshlagan.

3. Sobiq futbolchilar Javoxir Esonkulov va Akrom Xodjaev o‘zaro til biriktirib, klub ofisi eshigi yonida klub rahbari nomiga nisbatan qo‘pol so‘zlar bilan uning shaxsini kamsitgan.

4. Klubdagi bu vaziyatlardan xabar topgan jamoa sardori Asror Gafurov vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida har ikkala futbolchini klub ofisiga olib kelgan va ushbu so‘zlarni nega yozganligi bo‘yicha izoh so‘ragan. Dastlab, futbolchilar ushbu so‘zlarni ular yozmaganliklarini aytishgan lekin ularning har bir harakati klub ofisida o‘rnatilgan kuzatuv kameralarida yozib olingan.

5. Jamoa sardori Asror Gafurov futbolchilarga shu jamoada o‘ynab, shu jamoani nonini eb, tuzligiga tupurmaslik kerakligini tushuntirgan va o‘rtada ziddiyat paydo bo‘lgan va ikkala futbolchi bir-birlari bilan mushtlashib ketishgan.

6. Klub sport direktori A.Tairov va klub 1-vitse Prezidenti A.Abduraxmonov har ikkala futbolchini ajratishgan va ularni yarashtirib qo‘yishgan.

P/S: Sobiq futbolchilar J.Esonkulov va A.Xodjaev o‘z aybiga iqror bo‘lib, yozma ravishda uzr so‘rashgan (Video va foto yozmalar ilova qilinadi).

photo_2021-09-18_17-26-48

photo_2021-09-18_17-26-48 (2)

Sobiq futbolchilarga esa O‘zbekistonda qonun ustuvor ekanligini, har bir fuqaro davlat ximoyasida ekanligini, uning shaxsi kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmasligini eslatib qo‘ymoqchimiz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
18/09/2021 19:09
К,изик, бизни у'збек футболчилари у`збек тилини билмайдими ёки х,урмат к,илмайдими русча ёзган ва ёздирган у`рис к,ул манк,уртларни жазолаб жаримага тортиш керак
Baxil Alihuja
21/01/2022 14:40
Футболчиларимиз шу даражада саводсиз-ки!!! Хатто уз давлат тилида ёзишни хам билмайди! Хатто 1- синф укувчилари хам булардан чиройлирок ёзади. Ёки футболчиларимиз оёгида ёзишган булса керак?