Javohir Sidiqov: Biz murabbiyimiz tomonidamiz

  • 17 aprel, 2021, 16:16
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lokomotiv" klubi rasmiy "Telegram" sahifasi Superliga 6-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor"ga qarshi o‘yindan so‘ng (2:1), kechagi o‘yin qahramonlaridan biri Javohir Sidiqovning fikrlarini e’lon qildi. 

Tecno

"O‘yin qiyin o‘tishini barcha bilib turgandi. "Bunyodkor" - qiyin raqib. "Surxon"ga qarshi o‘yindan keyin "Bunyodkor" bilan uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik boshlandi. Murabbiylar shtabi o‘yin uchun maxsus ko‘rsatmalar bera boshlashdi. Raqiblarni puxta o‘rgandik. "Bunyodkor"ning kuchli va zaif nuqtalarini yaxshi bilib oldik. Bugun mana natijasi ko‘rindi. Barchasi ajoyib bo‘lganidan xursandman.

Hamma narsa tezda bo‘lmaydi. Undan tashqari, "Lokomotiv"ga yangi bosh murabbiy keldi, jamoa tarkibidagi ko‘plab futbolchilar hali yangi. Mag‘lubiyatlardan keyin, o‘z o‘yinlarimizni yaxshilab tahlil qildik. Barcha futbolchilar murabbiyning o‘yin uslubini qo‘llab-quvvatladi. Nima bo‘lgan taqdirda ham, biz murabbiyimiz tomonidamiz. G‘alabalar esa futbolchilarga harakter taqdim qiladi", - deydi Sidiqov. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!