Javohir Sindarov: "Men Gukeshning eng kuchli versiyasiga tayyorlanyapman"

  • 10.08.2026 12:57
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, joriy yilning 25 noyabrdan 15 dekabrgacha Shveysariyaning Jeneva shahrida Jahon toji uchun bahs bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning mukofot jamg‘armasi 2,5 million dollarni tashkil etadi. Unda hamyurtimiz Javohir Sindarov hindistonlik Gukesh Dommaraju bilan bellashadi.

Sindarov bo‘lajak Jahon chempionati matchi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. 

"Mening fikrimcha, Gukesh juda yaxshi o‘ynamoqda. Menimcha, uning muammosi shundaki, u yaxshi, hatto yutuqli pozitsiyaga ega bo‘lganda ham muvozanatni yo‘qotib qo‘yadi. Buning sababi nimada ekanini bilmayman, lekin uning partiyalarini ko‘rsangiz, u haqiqatan ham juda yaxshi o‘ynayotganini ko‘rasiz.
Men bunga unchalik e’tibor bermayman. U juda kuchli shaxmatchi ekanini bilaman, chunki unga qarshi o‘ynaganimda buni o‘zim his qilganman. Men Gukeshning eng kuchli versiyasiga tayyorlanaman va Jahon chempionati matchida u o‘zining eng yuqori formasida bo‘ladi deb hisoblayman",
- dedi o‘zbekistonlik shaxmatchi.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!