Javohir Sindarov: "Umuman olganda, freestyile juda qiziq o'yin"
Freestyle Jahon Chempionati oldidan Javohir Sindarov "UzChess"ga intervyu berdi. U turnir muhitini yuqori baholadi — ham tashkiliy tomondan, ham ishtirokchilar darajasi bo‘yicha. Lekin eng muhimi, u o‘ziga ishonmoqda.
"Raqiblarimiz juda kuchli. Shunga qaramay, Nodirbek bilan biz ham shu yerdamiz va chempionlikni qo‘lga kiritish uchun harakat qilamiz. Bu taklif menga juda yoqdi. Shu tariqa boshlab olsak, keyinchalik tezkor, hatto jamoaviy chempionatlarni ham o‘tkazishimiz mumkin. Umuman olganda, freestyle juda qiziq o‘yin.
Odamlar buni tushunib olsa, klassik shaxmatda har doim ham ola olmaydigan hissiyotlarni oladi. G‘oya juda zo‘r — men xursand bo‘lardim", - dedi Sindarov.
Yana bir muhim yangilik — yurtimizda ilk bor Freestyle bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Javohir bu haqida xabardor ekanini aytib, freestylening mamlakatimizda kelajagi borligini ta’kidladi.

Fikrlar