Javohir Sindarov yana Hindistonga boradi!
14-24 dekabr kunlari Hindistonning Mumbay shahrida uchinchi mavsum "Global Chess League" musoaqasi bo‘lib o‘tadi. Dunyodagi eng kuchli grossmeysterlar yana bitta superliga atrofida jamlanadi.
Mukofot jamg‘armasi 1 000 000 AQSh dollar bo‘lgan turnirning reglamenti bilan tanishing. Har bir jamoada 6 nafar shaxmatchi,kamida 2 ta nafar ayol va 1 nafar 21 yoshdan oshmagan shaxmatchilar bo‘lishi kerak. Jamoalar bir-biri bilan aylanma tizimda ikki martadan o‘ynaydi.
Umumiy turlardan so‘ng eng ko‘p ochko to‘plagan 2 jamoa finalda chempionlik uchun kurashadi. Javohir Sindarov bu mavsumda "Global Chess League"da ishtirok etadi va o‘z jamoasining etakchi kuchlaridan biri bo‘ladi.

Fikrlar