Javohir Ummataliev qirg‘izistonlik bokschiga hech qanday imkon qoldirmadi
Ahmadbek Eshmatov
Xabaringiz bor, Dubay shahrida erkaklar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida erkaklar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning to‘rtinchi kunidan 7 nafar vakilimizning janglari o‘rin olgandi.
-80 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, Javohir Ummataliev Qirg‘iz Respublikasi vakili Omurbek Bekjigit Uuluga hech qanday imkon qoldirmadi - 5:0. Endi hamyurtimiz keyingi bosqichda serbiyalik Artyom Ageevga qarshi ringga chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir yurtdoshimiz To‘rabek Xabibullaev va Kalil Luan Brasil (Braziliya) qarama-qarshiligi kutib turibdi.
Izohlar (0)