Javohir Ummataliev qozog‘istonlik Nurbek Oralbayni musobaqadan chiqarib yubordi!
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Angliyaning Liverpul shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
-80 kg da hamyurtimiz Javohir Ummataliev va Qozog‘iston vakili Nurbek Oralbay jangi yakunlandi. Shiddatli va keskin kurashlarga boy o‘tgan bahsda Ummataliev hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi!
Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir vakilimiz To‘rabek Xabibullaev - Sag‘indik Tog‘ambay (Qozog‘iston) to‘qnashuvi kutmoqda.
Fikrlar