
JCh-2022. Braziliya Kazemironing goli tufayli g‘alaba qozondi va pley-off masalasini hal etdi
Jahon chempionati 2-turi doirasidagi "G" guruhi vakillari - Braziliya va Shveytsariyaning o‘zaro to‘qnashuvi nihoyasiga etdi. Unda "sariqlar" 1:0 hisobida zafar quchdi.
Butun bahs davomida shturm uyushtirgan "pentakampeonlar" 83-daqiqa kelibgina hisobni ochdi. Kazemironing kuchli zarbasini Zommer qaytara olmadi.
Shu tariqa, braziliyaliklar ochkolari sonini 6 taga etkazib oldi va pley-off masalasini muddatidan oldin hal etdi. Shveytsariya hisobida 3 ochko bor.
Fikrlar