
JCh-2022. Eron terma jamoasida jiddiy yo‘qotish
Jahon chempionati Angliya - Eron uchrashuvida Eron darvozaboni Alireza Beyranvand o‘z futbolchisi Majid Husayni bilan to‘qnashib ketdi. Natijada o‘yinning 20-daqiqasida uning o‘rniga Husseyn Husseyni o‘yinga qo‘shildi.
Qayd etilishicha, futbolchi o‘yindan so‘ng shifoxonaga yul olgan. Tashxis natijalariga ko‘ra, darvozabonning burni singan va miya chayqalishi ro‘y bergan. Alireza Beyranvand bu mundialda endi jamoasiga yordam bera olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Eron terma jamosi ikkinchi turda AQSh terma jamoasi bilan baxs olib boradi. Uchrashuv 29 noyabr kuni 00:00 da "Al-Thumama" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar