JCh-2022. Messi yarim finaldagi raqib Xorvatiya haqida fikr bildirdi

  • 10.12.2022 13:44
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

Argentina sardori Lionel Messi Braziliyaga qarshi chorak final bellashuvida xorvatiyaliklar namoyish etgan o‘yindan hayratda ekanligini yashirib o‘tirmadi.

"Xorvatlar ajoyib jamoa ekanligini isbotladi. Uchrashuvning ba’zi qismlarida ular Braziliya bilan tengma-teng o‘yin ko‘rsatdi. Bosh murabbiy Zlatko Dalich uzoq vaqtdan beri terma jamoa boshqaruvida, u qo‘l ostiga juda yaxshi tarkib jamlagan",-dedi argentinalik pleymeyker.

Ma’lumot uchun, endi Argentina final yo‘llanmasi uchun aynan Xorvatiyaga qarshi bahs olib boradi. Bellashuv 13-dan 14 dekabrga o‘tar kechai 00:00 da start oladi. Har ikki jamoa chorak finalda penaltilar seriyasida g‘alaba qozongandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!