
JCh-2022 saralashi, 1-raund. Malayziya o‘z maydonida Sharqiy Timor darvozasiga 7 ta gol urdi
Osiyo qit’asida JCh-2022 saralashining 1-bosqichi boshlanganidan xabaringiz bor. Kecha Malayziya o‘z maydonida Sharqiy Timor terma jamoasini qabul qildi.
Kuala-Lumpur shahridagi mashhur “Bukit-Jalil” stadionida kechgan bahs gollarga boy bo‘ldi. Shu kuni mezbonlar raqiblarini 7:1 hisobida taslim etishdi.
Endi ushbu jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 11 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. G‘olib jamoa mundial yo‘llanmasi uchun kurashni keyingi bosqichda davom ettiradi.
Fikrlar