JCh-2022 saralashi. Ekvador so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga Argentinadan 1 ochko tortib oldi

  • 30 mart, 2022, 07:11
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

JCh-2022 Janubiy Amerika mintaqasi saralash bosqichidan o‘rin olgan Ekvador - Argentina uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.

Bellashuvda dastlab 24-daqiqada Xulian Alvares hisobni ochishga muvaffaq bo‘lgandi. 90+3-daqiqa o‘tib borayotganda, mezbonlar vakili Enner Valensiya muvozanatni tiklashga erishdi.

Shu tariqa, Argentinaning ochkolari soni 39 taga etdi. Jamoa 2-o‘rinni o‘ziniki qilib ulgurgan.

Ekvador hisobida 26 ochko mavjud bo‘lib, mazkur terma 4-o‘rindan joy olgan. Eslatib o‘tamiz, ikki jamoa ham mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!