
"JCh-2022" saralashi. Tojikiston o‘z maydonida yirik hisobda g‘alaba qozondi
Bugun “JCh-2022” saralashining Osiyo mintaqasi 2-raundi doirasida qo‘shni Tojikiston o‘z maydonida Mongoliya terma jamoasini qabul qildi.
Qiziqarli kechgan uchrashuv 3:0 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni gollarni Mansur Jalilov (3'), Alisher Jalilov (50') va Shahrom Samiev (87') kiritdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng Tojikiston terma jamoasi o‘z hisobidagi ochkolar sonini 10 taga etkazib oldi va 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Mongoliya esa 3 ochko bilan F guruhida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar