
"JCh-2022" saralashi. Turkmaniston dramatik kechgan bahsda Livandan g‘alabani tortib oldi
Hozirgina “JCh-2022” saralashining “H” guruhidan o‘rin olgan Turkmaniston hamda Livan terma jamoalari bahsi yakunlandi.
Dramatik kechgan uchrashuv 3:2 hisobida qo‘shnilarimizning irodali g‘alabasi bilan yakunlandi. Gap shundaki, 73-daqiqagacha 1:0 hisobida oldinda borayotgan Turkmaniston 2 daqiqa ichida 2 ta gol o‘tkazib yubordi va hisobda orqada qolib ketdi. Ammo 85’ hamda 90+1’ daqiqalarda gol ura olgan Turkmaniston yakunda g‘alabani ilib ketdi.
Ushbu bellashuvdan so‘ng “H” guruhidagi vaziyat quyidagicha:
Fikrlar