
JCh-2022da yana bir rekord o‘rnatildi
Kecha tunda nimchorak finallarning eng so‘nggisi o‘tkazildi. Unda Portugaliya Shveytsariyani yirik hisobda taslim etdi (6:1). Statistik ma’lumotlarga ko‘ra joriy JCh 1/8 finalidan o‘rin olgan 8 ta o‘yinda 28 ta gol urilgan.
Bu 1986 yildan buyon hisoblanganda turnir tarixidagi ushbu bosqichda qayd etilgan rekord ko‘rsatkichdir (penaltilar seriyasidagi gollar hisobga olinmagan).
JCh-2022 1/8 finalidagi eng sermahsul o‘yin yuqorida ta’kidlaganimizdek, Portugaliya - Shveytsariya (6:1) bahsi bo‘lib, unda 7 ta gol kiritildi, shuningdek, Braziliya ham bundan bir kun avval raqiblari darvozasiga 4 ta to‘p yo‘llagandi.
Fikrlar