"JCh-2026": Debyutant Kyurasao Ekvadorga qarshi o'yinda ilk ochkosini qo'lga kiritdi
AQSh, Kanada va Meksika davlatlari mezbonlik qilayotgan Jahon chempionatining guruh bosqich o‘yinlari davom etmoqda. "E" guruhining 2-tur doirasida Kyurasao va Ekvador terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.
Mazkur bellashuvda hisob ochilmadi — 0:0.Ushbu natija orqali o‘z tarixida ilk bor mundialda ishtirok etayotgan Kyurasao terma jamoasi Jahon chempionatlaridagi dastlabki ochkosini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, mazkur guruhda Germaniya ikki turdan keyin 6 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi.

Fikrlar