JCh-2026 finali chiptalari yana qimmatladi — eng yuqori narx 10 990 dollarga yetdi
FIFA AQShdagi "MetLife Stadium" arenasida bo‘lib o‘tadigan JCh-2026 final uchrashuvi chiptalari narxini yana oshirdi.
48 ta ishtirokchi jamoa nomi aniq bo‘lganidan keyin e’lon qilingan yangi tariflarga ko‘ra, final uchun eng qimmat chipta endi 10 990 dollar etib belgilandi. Bu avvalgi 8 680 dollarlik narxdan 26,6 foizga yuqori.
Ikkinchi toifadagi chiptalar 7 380 dollargacha ko‘tarildi (avval 5 575 dollar), uchinchi toifa esa 5 785 dollar etib belgilandi (avval 4 185 dollar). Shu tariqa o‘sish mos ravishda 32,4 va 38,2 foizni tashkil qildi.
Manbalarga ko‘ra, FIFA musobaqa uchun dinamik narx belgilash tizimidan foydalanmoqda. Shu sabab, talab va qolgan joylar soniga qarab chipta bahosi o‘zgarib bormoqda. Turnir AQShning 11 shahri, Meksikaning 3 shahri va Kanadaning 2 shahrida o‘tkaziladi.
Shuningdek, chorshanba kuni onlayn savdo jarayonida texnik uzilishlar ham kuzatildi — ko‘plab muxlislar saytga kirishda muammolarga duch kelgan.
Fikrlar