"JCh-2026". Fransiya Iroqni mag‘lub etib, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

  • 23.06.2026 05:55
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi 2-turida Frantsiya terma jamoasi Iroq ustidan ishonchli 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Filadelfiya shahridagi "Linkoln Faynenshl Fild" stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda hisob 14-daqiqada ochildi. Kilian Mbappe aniq zarba bilan fransuzlarni oldinga olib chiqdi.

Birinchi bo‘limdan keyin uchrashuv ob-havoning yomonlashishi sababli ikki soatga to‘xtatib turildi.

O‘yin qayta tiklangandan ko‘p o‘tmay Frantsiya ikkinchi golni ham urdi. Usmon Dembele raqib jarima maydonchasida to‘pni olib qo‘yib, Mbappenga uzatma berdi va hujumchi dubly muallifiga aylandi.

66-daqiqada esa Dembelening o‘zi gol urib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Shu tariqa, Frantsiya navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritib, guruhdan chiqdi. Mbappe esa dubly qayd etib, jamoasining asosiy qahramoni bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!