"JCh-2026". Kolumbiya - Portugaliya bahsida nursiz durang qayd etildi
Jahon chempionati guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan bahsda Kolumbiya va Portugaliya terma jamoalari o‘zaro durang o‘ynadi.
Uchrashuv davomida har ikki jamoa ham gol urish uchun bir qator imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Biroq hujumchilar o‘z imkoniyatlaridan unumli foydalanа olmadi.
Shu tariqa, Kolumbiya guruhni 1-o‘rinda yakunladi. Portugaliya 2-o‘rin bilan pley-offga chiqqan bo‘lsa, Kongo 4 ochko to‘plagan holda, 3-pog‘onani band qildi va yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Fikrlar