"JCh-2026". Mashhur nashr Oʻzbekistonning guruh gʻolibi boʻlish imkoniyatlarini baholadi
AQSh, Kanada va Meksika davlatlari mezbonlik qiladigan Jahon chempionatining barcha ishtirokchilari ma'lum bo‘ldi.
E'tiborlisi, O‘zbekiston terma jamoasi ham o‘z tarixida ilk bor mundial yo‘llanmasiga ega chiqdi. “Oq bo‘rilar” turnirning “K” guruhidan joy olib, Portugaliya, Kolumbiya hamda Kongo bilan bahs olib boradi.
Score 90 nashri esa jamoalarning guruh g‘olibi bo‘lish imkoniyatlarini baholab chiqdi. Unga ko‘ra, Portugaliyaning 1-o‘rinni egallashi ehtimoli 64 foizni tashkil etsa, Kolumbiyaniki 32 foiz deb ko‘rsatilgan.
Guruhning yana bir vakili Kongo imkoniyatlari 3 foizga baholangan bo‘lsa, Fabio Kannavaro shogirdlarining ko‘rsatkichi 2 foizni tashkil etgan.
Ma'lumot uchun, musobaqa joriy yilning 11 iyunidan 19 iyuligacha davom etadi.
Fikrlar