"JCh-2026" saralashi. Eron - O‘zbekiston uchrashuvi qaerda o‘tkaziladi?

  • 8 fevral, 15:24
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi mart oyida Jahon chempionati saralashi - 2026 saralashi doirasida Qirg‘iz Respublikasi va Eron terma jamoalari bilan o‘ynaydi. 

Tecno

Vakillarimiz dastlab, 20 martda "Bunyodkor" stadionida Qirg‘iz Respublikasini qabul qiladi. 25 martda esa "oq bo‘rilar" Eron mehmoni bo‘ladi. Mazkur uchrshuv o‘tkaziladigan joy va vaqt hali aniq bo‘lib ulgurmadi. Bu borada taniqli mutaxassis Alisher Nikimbaev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Ayni damda OFK Eronning JCh saralash bosqichidagi ikkita uy uchrashuvi – 20 mart (BAAga qarshi) va 25 mart (O‘zbekistonga qarshi) kungi o‘yin o‘tkazish joyini rasman tasdiqlamadi. 25 mart kuni bo‘lib o‘tadigan KXDR - BAA o‘yini ham rasmiy tasdiqni kutmoqda.

Eron masalasida hammasi mintaqadagi vaziyatga bog‘liq bo‘ladi. Ammo bu hafta Tehrondagi "Ozodi" stadionida Elit Chempionlar Ligasi doirasida "Istiqlol" "Al-Shorta"ni qabul qildi. "Persepolis" – "An-Nasr" uchrashuvi ham u erda 17 fevral kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Oradan bir kun o‘tib "Traktor" Tabrizda Bahraynning "Al-Xaldiya" jamoasini qabul qiladi.

Demak, hammasi Eron terma jamoasi o‘z uy uchrashuvlarini mart oyida FIFA kunlarida "Ozodi" stadionida o‘tkazishi tomon ketmoqda.

Darvoqe, 20 mart kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston - Qirg‘iz Respublikasi uchrashuvi soat 21.15da boshlanadi. OFK O‘zbekiston futbol assosiasiyasining iltimosini qanoatlantirib, o‘sha kuni soat 18:35 da boshlanishi kutilayotgan iftorlikdan so‘ng muxlislar va futbolchilarga etarlicha vaqt berish maqsadida uchrashuvning boshlanish vaqtini ko‘chirdi.

O‘z navbatida, Qirg‘iz Respublikasi va Qatar terma jamoalari o‘rtasidagi 25 mart kuni Bishkekdagi o‘yinning boshlanish vaqti o‘zgarishsiz qolmoqda. OFK boshlanish vaqti sifatida 19.45 ni tanladi, bu iftorlikdan 30 minut o‘tib ketadi. Bilaman, Qirg‘iz Respublikasi futbol ittifoqi ham OFKga o‘yin boshlanishini biroz kechroq vaqtga ko‘chirish iltimosi bilan murojaat qilgan, ammo hozircha ruxsat olmagan.

Qatar terma jamoasi menejerining so‘zlariga ko‘ra, futbolchilar katta ehtimol bilan ro‘za tutmaydilar, ammo Doha bilan uch soatlik farq tufayli o‘yinning boshlanish vaqti hali ham noqulay hisoblanadi. Demak, o‘yin Qatar vaqti bilan 16:45 da efirga uzatiladi va iftorlik ikkinchi bo‘lim boshida bo‘ladi", - deya yozdi Nikimbaev o‘zining telegramdagi kanalida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!